Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga boʻlinadi. Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga boʻlinadi: eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat; yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat; katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat; oʻrtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat boʻlgan shaharlar. Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga boʻlinadi: katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat; oʻrtacha — aholisining soni oʻn mingdan yigirma minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni oʻn minggacha kishidan iborat boʻlgan shaharchalar. Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga boʻlinadi: yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat; katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat; oʻrtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat boʻlgan qishloqlar va ovullar. Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy boʻlmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmogʻining xizmat maqsadidagi obyektlari boʻlgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yoʻl nazoratchilarining, oʻrmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar maʼmuriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli subyektlari bilan bogʻliq boʻlsa, oʻsha subyektlar tasarrufida boʻladi. Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi. Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtis