Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.