Shaharsozlik kodeksi 23-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini oʻtkazish

Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, bunga vakolatli boʻlgan vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, ekspert komissiyalari va ekspert guruhlari, shuningdek akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi. Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi. Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan shaharsozlik, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, shuningdek sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va yongʻin xavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar boʻyicha shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi. Quyidagi obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi majburiy emas: mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar; uch yuz kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar; ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar; I xavf-xatar toifasiga kiradigan obyektlar; binolarni, inshootlarni va boshqa obyektlar joriy taʼmirlanganda. Loyiha yechimlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasi oʻzgarganda (qavatlar soni oʻzgarganda, yonma-yon qurilganda, ustiga qavat qurilganda) shaharsozlik