Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi shakllarida va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Jamoatchilik nazoratining natijalari boʻyicha axborotga oid va tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan takliflarni oʻz ichiga olgan yakuniy hujjat tayyorlanadi. Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiyalar va takliflar shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.