Shaharsozlik kodeksi 39-modda. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibining buzilishlari ustidan shikoyat berish

Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazishning ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibi buzilishlari aniqlanganda, jamoatchilik nazorati subyektlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shikoyat berishga haqli. Jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibi buzilganligi toʻgʻrisidagi shikoyat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan asosli deb topilgan taqdirda takroriy muhokama oʻtkaziladi. Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibi buzilgan holda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.