Shaharsozlik kodeksi 5-modda. Shaharsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish

Shaharsozlik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi raqobat muhiti: ishlar (tovarlar, xizmatlar) bozorida monopol faoliyatni, shu jumladan raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash; shaharsozlik faoliyati subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning qulay elektron bazalarini yaratish va yaratilgan asosda ularning faoliyatini baholash reytinglarini joriy etish; shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash; davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan yaratiladi.