Aholi punktlarining chegara chiziqlari loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi. Kichik shaharlarning, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegara chiziqlari loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqilishi mumkin.