Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya taʼminotini, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish; transport turlarini rivojlantirish; iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish; hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish; aholining fuqaro muhofazasi; atrof-muhitni muhofaza qilish; madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish; hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish; hududlarni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.