Shaharsozlik kodeksi 59-modda. Loyihaoldi hujjatlari

Loyihaoldi hujjatlari quyidagilardan iborat: texnik-iqtisodiy asos; texnik-iqtisodiy hisob-kitob. Texnik-iqtisodiy asos yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob loyihaning umuman eng yuqori qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini loyihalarni moliyalashtirishning ishlab chiqilgan dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilaydigan variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi hujjatdir.