Shaharsozlik kodeksi 69-modda. Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar

Aholi punktlarining chegaralari chizigʻi doirasida haydaladigan yerlar, bogʻlar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan binolar va inshootlar egallab turgan, qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi aholi punktining bosh rejasiga va qurish qoidalariga muvofiq oʻzgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq xoʻjaligini yuritish maqsadida foydalanilishi mumkin.