Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish subyektning murojaati asosida, ushbu murojaat berilgan paytdan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan amalga oshiriladi. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol amalga oshiriladi.