Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 13-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni berish

Shaxsga doir maʼlumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni berish hisoblanadi. Shaxsga doir maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga oshiriladi. Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, oʻzining rad qilishi sabablarini koʻrsatmaslik huquqiga ega.