Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 18-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari

Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ushbu Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: subyekt bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berganda; subyekt taraf boʻlgan shartnomani bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish yoki shunday shartnoma tuzilguniga qadar subyektning soʻroviga binoan choralar koʻrish zarur boʻlganda; mulkdor va (yoki) operatorning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda; subyektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda; mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda; shaxsga doir maʼlumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda; agar bu maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan olingan boʻlsa. Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlgan taqdirda, bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik olish mumkin boʻlgan paytga qadar subyektning roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.