Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari

Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish; shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi; shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi; shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi; subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi; shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.