Soliq kodeksi 11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi

Soliq tizimi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir. Oʻzbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy mablagʻlarning erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyadigan soliqlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.