Soliq kodeksi 110-modda. Penya

Soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda toʻlashi lozim boʻlgan pul summasi penyadir. Tegishli penyalarning summasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalaridan tashqari va soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlashga doir boshqa choralar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanadi. Penyalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqni toʻlash kunidan keyingi kundan boshlab soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun hisoblanadi. Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish toʻgʻrisida ariza berilganligi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga penyalar hisoblanishini toʻxtatib turmaydi. Soliq toʻlovchi, uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatilishi yoki pul mablagʻlariga taqiq qoʻyilishi shaklidagi soliq organining undirish toʻgʻrisida taʼminot choralari haqidagi qarori qabul qilinganligi sababli toʻlay olmagan soliq qarziga penya hisoblanmaydi. Bunday holda penyalar koʻrsatib oʻtilgan holatlarning butun amal qilish davri uchun hisoblanmaydi. Soliqni hisoblash va toʻlash tartibi haqida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllashga doir boshqa masalalar boʻyicha moliya yoki soliq organi (uning mansabdor shaxsi) tomonidan oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga yoki nomuayyan doiradagi shaxslarga berilgan yozma tushuntirishlarni bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penyalar soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida soliq organining soliq toʻlovchiga yuborilgan asosli fikrini bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz summasiga hamda qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha undirilgan mablagʻlar tegishli huquqni m