Soliq kodeksi 114-modda. Mol-mulkni xatlash

Soliq organining soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakati soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning bajarilishini taʼminlash usuli sifatida mol-mulkni xatlashdir. Soliq qarzi boʻyicha soliq toʻlovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori asosida soliq toʻlovchining soliq qarzi boʻyicha mol-mulkiga taqiq qoʻyishi mumkin. Soliq toʻlovchining soliq qarzi boʻyicha uning mol-mulkini xatlash soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun ichida u tomonidan toʻliq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi. Mol-mulkni xatlash toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin. Mol-mulkni toʻliq xatlash soliq toʻlovchining oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlarini shunday cheklashki, bunda u xatlangan mol-mulkni tasarruf etishga haqli emas, ushbu mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish esa soliq organining ruxsati bilan hamda uning nazorati ostida amalga oshiriladi. Mol-mulkni qisman xatlash soliq toʻlovchining oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlarini shunday cheklashki, bunda ushbu mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish soliq organining ruxsati bilan va uning nazorati ostida amalga oshiriladi. Mol-mulkni xatlash soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki yoʻq boʻlgan taqdirda faqat soliqni (penyani, jarimani) toʻlash majburiyati uning ana shu mol-mulki hisobidan bajarilishini taʼminlash uchun qoʻllanilishi mumkin. Mol-mulkni xatlash ushbu Kodeksning 117-moddasiga muvofiq soliq organi tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin. Soliq toʻlovchining barcha mol-mulki xatlab qoʻyilishi mumkin. Faqat soliq qarzini uzish uchun zarur va yetarli boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orq