Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq qarzini undirish — undiruvni bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratish yoʻli bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi. Ushbu moddaning qoidalari faqat yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan qoʻllaniladi. Soliq qarzini majburiy tartibda undirish toʻlanmagan soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan yoki soliq agentidan, ushbu Kodeksning 120 va 122-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa shaxslardan ham amalga oshirilishi mumkin. Soliq qarzini undirish soliq organi tomonidan majburiyatga ega shaxsning hisobvaragʻi ochilgan bankka ushbu shaxsning hisobvaraqlaridan zarur pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun inkasso topshiriqnomasini elektron shaklda yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasining shakli hamda uni bankka yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi. Agar soliq toʻlovchi soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini mustaqil ravishda yubormagan boʻlsa, soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach uch ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi. Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan soʻzsiz bajarilishi shart. Quyidagi hollarda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan (toʻliq yoki qisman)