Soliq organlari soliq toʻlovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar boʻyicha bir martadan ortiq soliq auditini oʻtkazishga haqli emas, bundan soliq auditini oʻtkazish chogʻida soliq organiga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.