Soliq kodeksi 146-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda hujjatlarni talab qilib olish

Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan shaxsdan tekshiruv uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olishga haqli. Hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnoma tekshirilayotgan shaxsga (uning qonuniy yoki vakolatli vakiliga) shaxsan imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Agar hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani mazkur usulda topshirish imkoni boʻlmasa, u ushbu Kodeks 19-moddasining ikkinchi qismid a belgilangan tartibda yuboriladi. Talab qilib olinadigan hujjatlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoxud telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi mumkin. Hujjatlarni qogʻozda taqdim etish tekshirilayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Hisobga olish hujjatlari elektron shaklda tuzilgan taqdirda soliq toʻlovchi (soliq agenti) soliq tekshiruvi chogʻida soliq organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra bunday hujjatlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart, bundan elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida roʻyxatga olingan hisobvaraq-fakturalar mustasno. Zarur boʻlgan taqdirda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli. Soliq tekshiruvi davomida talab qilib olingan hujjatlar tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi. Agar tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan hujjatlarni belgilangan muddat ichida taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u tekshiruvchi mansabdor shaxslarni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi. Soliq toʻlovchi talab qilinadigan hujjatlarni koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi, tal