Soliq kodeksi 165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish

Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu Kodeks 157-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan buzilishlari toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim boʻlgan dalolatnomani tuzadi. Dalolatnoma belgilangan shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kun davomida tuziladi. Dalolatnomada soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlari, shuningdek ushbu faktlarni aniqlagan mansabdor shaxsning aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etishga doir xulosa va takliflari koʻrsatilishi kerak. Dalolatnomaning shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi. Dalolatnoma soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga imzo qoʻydirib beriladi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Agar mazkur shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortsa, soliq organining mansabdor shaxsi dalolatnomaga tegishli belgi qoʻyadi. Bunday holda dalolatnoma ushbu shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Mazkur dalolatnoma buyurtma xat bilan yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun u topshirilgan sana deb hisoblanadi. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs dalolatnomada bayon etilgan holatlarga va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan mansabdor shaxsning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini tegishli soliq organiga taqdim etishga haqlidir. Bunda mazkur shaxs eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli. Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan mu