Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq organining soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) masalalariga doir nuqtai nazarini ifodalaydi. Soliq organi soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida oʻz tashabbusiga koʻra yoki yuridik shaxsning soʻroviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi. Asoslantirilgan fikr soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) imzosi bilan yuridik shaxsga yuboriladi. Soliq organi asoslantirilgan fikrining shakli va uni tuzishga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Agar soliq monitoringi oʻtkazilayotganda yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat beruvchi fakt aniqlangan boʻlsa, soliq organining asoslantirilgan fikri tuziladi. Soliq organining asoslantirilgan fikri tuzilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuridik shaxsga yuboriladi. Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq monitoringini oʻtkazish muddati tugaguniga qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin. Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov yuridik shaxs tomonidan xoʻjalik faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga koʻra soliq monitoringi oʻtkaziladigan davr uchun soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligiga (ushlab qolinganligiga), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligiga (oʻtkazilganligiga) nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda yoki ushbu masalalar yuzasidan noaniqliklar boʻlgan taqdirda soliq organiga yuboriladi. Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovda yuridik shaxsning mazkur masalalarga doir nuqtai nazari bayon etiladi. Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov soliq monitoringi davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuborilishi mumkin. Yuridik shaxsning soʻrovi boʻyicha soliq organining asoslantirilgan fikri ushbu yuridik shaxsga