Soliq kodeksi 181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari

Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar; 2) taraflaridan birining roʻyxatdan oʻtkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs hisoblanadigan bitimlar. Agar bunda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga roʻyxatdan oʻtkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs sifatida qaraladi. Ushbu Kodeks maqsadida soliq solish boʻyicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor yurisdiksiyalar deb eʼtirof etiladi. Ofshor yurisdiksiyalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi: 1) rangli metallar; 2) qimmatbaho metallar; 3) mineral oʻgʻitlar; 4) uglevodorod xom ashyosi va neft mahsulotlari; 5) paxta tolasi va kalava ip. Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab oʻtilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra sud bitimni ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar