Soliq kodeksi 185-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlilida foydalaniladigan axborot

Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazishda (shu jumladan tahlil etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslash chogʻida) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilinadigan yoki soʻrovga koʻra taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasidan; 3) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning oʻzgarish chegaralari) va birja kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; 4) axborot-narx agentliklari maʼlumotlaridan; 5) soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmagan (yetarli boʻlmagan) taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 1) eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborotlar manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; 2) yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan maʼlumotlardan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalarida eʼlon qilingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi maʼlumotlardan. Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi maʼlumotlar