Soliq kodeksi 191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli

Taqqoslanadigan rentabellik usuli nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan shaxsda yuzaga kelgan operatsion rentabellikni taqqoslanadigan bitimlardagi operatsion rentabellikning ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oraligʻi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Taqqoslanadigan rentabellik usulidan, xususan, axborot mavjud boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmaganda foydalanish mumkin boʻlib, mazkur axborotga asoslangan holda taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining zarur boʻlgan taqqoslash darajasi mavjudligi haqida asoslangan xulosa chiqarish hamda ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan usullardan foydalanish mumkin boʻladi. Ushbu moddaning maqsadi uchun ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan operatsion rentabellikning quyidagi koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin: 1) sotish rentabelligi; 2) xarajatlar rentabelligi; 3) tijorat va boshqaruv xarajatlari rentabelligi; 4) aktivlar rentabelligi; 5) rentabellikning amalga oshirilayotgan vazifalar, foydalanilayotgan aktivlar hamda qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari va haq toʻlash darajasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichi. Rentabellikning aniq koʻrsatkichini tanlashda nazorat qilinadigan bitim tarafining faoliyat turi, ushbu taraf tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar, foydalaniladigan aktivlar va qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari, tegishli rentabellikni hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan maʼlumotlarning toʻliqligi, toʻgʻriligi va ularni taqqoslash mumkinligi, shuningdek bunday koʻrsatkichning iqtisodiy asoslanganligi hisobga olinadi. Ushbu moddani qoʻllash maqsadi uchun rentabellik koʻrsatkichlaridan quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda foydalaniladi: 1) sotish rentabelligidan qayta sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq shaxslardan olingan tovarlarni keyingi qayta sotishda yoki qayta sotuvchi bilan