Soliq kodeksi 193-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati maqsadida axborotni tayyorlash va taqdim etish

Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining talabiga koʻra mazkur talabda koʻrsatilgan aniq bitimga (bir turdagi bitimlar guruhiga) taalluqli hujjatlarni taqdim etadi. Hujjatlar deganda hujjatlar majmui yoki erkin shaklda tuzilgan yagona hujjat (agar bunday hujjatlarni belgilangan shaklda tuzish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilmagan boʻlsa) tushuniladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar nazorat qilinadigan bitimni (bir turdagi bitimlar guruhini) amalga oshirgan soliq toʻlovchining (boshqa shaxslarning) faoliyati toʻgʻrisidagi, ushbu bitim bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak: 1) nazorat qilinadigan bitim oʻzi bilan amalga oshirilgan shaxslarning roʻyxati (ular soliq rezidenti boʻlgan davlatlar va hududlarni koʻrsatgan holda), bitimning tavsifi, uning shartlari, jumladan narxni belgilash usulining tavsifi (mavjud boʻlsa), toʻlovlarni amalga oshirish shartlari va muddatlari hamda bitim haqidagi boshqa axborot; 2) bitim taraflari boʻlgan shaxslarning vazifalari haqidagi (soliq toʻlovchi tomonidan funksional tahlil oʻtkazilgan taqdirda), ular tomonidan foydalaniladigan, ushbu nazorat qilinadigan bitim bilan bogʻliq boʻlgan aktivlar toʻgʻrisidagi va ular tomonidan qabul qilinayotgan, soliq toʻlovchi bitim tuzishda inobatga olgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklar haqidagi maʼlumotlar. Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan usullardan foydalangan boʻlsa, hujjatlarga foydalanilgan usullar haqidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi: 1) foydalanilayotgan usulni tanlash va qoʻllash usuli sabablarining asosi; 2) foydalanilayotgan axborot manbalariga havola; 3) taqqoslanadigan bitimlarni tanlash uchun foydalanilgan yondashuvni tavsiflagan holda, nazorat qilinayotgan bitim boʻyicha bozor narxlari oraligʻining (rentabellik oraligʻining) hisob-kitobi; 4) nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishi natijasida olingan daromadlarning (foydaning) summa