Soliq kodeksi 199-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi

Soliq toʻlovchining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etilgan arizasiga soliq toʻlovchi tomonidan quyidagilar ilova qilinadi: 1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi; 2) soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bogʻliq faoliyati haqidagi hujjatlar, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish taklif qilinayotgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi hujjatlar; 3) soliq toʻlovchi taʼsis hujjatlarining koʻchirma nusxalari; 5) soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan joydagi soliq organida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi; 6) soliq toʻlovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti; 7) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar. Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, erkin shaklda taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va boshqa hujjatlarni ular olingan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. Mazkur muddat toʻqqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin. Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish asoslari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi qarorlardan birini qa