Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar ushbu chet el kompaniyasiga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu modda qoidalari hisobga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi: 1) u oʻzi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq notijorat tashkiloti boʻlib, olingan foydani (daromadni) aksiyadorlar (ishtirokchilar, taʼsischilar) yoki boshqa shaxslar oʻrtasida taqsimlamaydigan boʻlsa; 2) u aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi boʻlsa; 3) ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari boʻyicha ushbu Kodeksning 207-moddasig a muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu Kodeksning 337-moddasi 12-bandida koʻrsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etsa; 4) u chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq bank yoki sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya yoxud boshqa maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan bank yoki sugʻurta tashkiloti boʻlsa. Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) ushbu Kodeksning 181-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ofshor yurisdiksiyalar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismi 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan davlat (hudud) bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan yer boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini aktiv chet el kompaniyasi yoki a