Soliq kodeksi 208-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksning XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan foydasi (zarari) summasi ushbu Kodeksning maqsadida mazkur kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning XI boʻlimida nazarda tutilgan, xususan, ushbu chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) bilan xalqaro bitim mavjudligidan kelib chiqadigan xususiyatlar hisobga olinadi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi bunday kompaniya mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladigan yildan keyingi kalendar yilda ushbu chet el kompaniyasi tomonidan toʻlangan dividendlar miqdoriga, ushbu moliyaviy hisobot tuziladigan moliyaviy yil davomida toʻlangan oraliq dividendlar hisobga olingan holda kamayadi. Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti u mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq tuzilmasa, ushbu band maqsadida kalendar yil qoʻllaniladi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari toʻlov manbai boʻlgan dividendlar tarzidagi daromadlar, agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiladigan shaxs bunday daromadlarga nisbatan haqiqatda huquqqa ega boʻlsa va bunday daromadlar hisobidan soliq toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa yoxud ularni ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsa, hisobga olinmaydi. Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi boʻlsa, uning foydasi ushbu chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari va (yoki) uning taʼsis hujjatlariga muvofiq benefitsiarlar deb eʼtirof etilgan boshqa shunday shaxslar foydasiga taqsimlangan foyda miqdoriga kamayadi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan taqsimlanmagan foydasi, ushbu kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etiladigan soliq