Soliqni (yigʻimni) notoʻgʻri hisoblab chiqarish yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yigʻim) summasini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, agar bunday qilmish ushbu Kodeksning 223 , 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini oʻz ichiga olmagan boʻlsa, — toʻlanmagan soliq (yigʻim) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.