Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi: 1) tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa; 2) tovar joʻnatish yoki transportda tashish boshlangan paytda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa.