Soliq kodeksi 243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma

Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi: 1) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga qarash boʻyicha xizmatlarni; 2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish boʻyicha xizmatlarni; 3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni oʻtkazishga doir xizmatlarni; 4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan buyumlar va inventarni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarga ortopedik protezlash, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlarini va inventarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni; 5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish; 6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan ishlab chiqarilgan tovarlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni; 8) pensiyalar va nafaqalar toʻlashga doir xizmatlarni; 10) oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan: boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlarini; taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha t