Soliq kodeksi 248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi. Xaridorlarga realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq toʻlovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi. Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi: 1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda; 2) agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (koʻrsatishda); 3) yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 6-bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda. Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida budjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiall