Soliq kodeksi 250-modda. Vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi shartnomalari boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari

Komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra komitentga (ishonch bildiruvchiga) tegishli boʻlgan tovarlar realizatsiya qilingan taqdirda, vositachilik (topshiriq) shartnomasining shartlariga muvofiq boʻlgan shartlar asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga xizmatlar koʻrsatganda soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi: 1) vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi – uning soliqni oʻz ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida; 2) komitentning (ishonch bildiruvchining) soliq bazasi – komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, shuningdek soliqni kiritmagan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga koʻrsatgan xizmatlarning qiymati miqdorida. Soliq solishdan ozod etish soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida xizmatlar koʻrsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Vositachilik (topshiriq) shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlgan shartlar asosida komitent (ishonch bildiruvchi) uchun uning topshirigʻiga koʻra olingan tovarlar vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitentga (ishonch bildiruvchiga) berilgan taqdirda, uchinchi shaxs tomonidan vositachi (ishonchli vakil) bilan tuzilgan bitim boʻyicha bunday uchinchi shaxs komitent (ishonch bildiruvchi) uchun xizmatlar koʻrsatganda vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi uning soliqni oʻz ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi. Transport ekspeditsiyasi shartnomasida belgilangan, transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha mijoz boʻlgan taraf uchun tashuvchi va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilar tomonidan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, ekspeditorning soliq baza