Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka boʻyicha soliq solinadi. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirgan holda ushbu Kodeksning 258-moddasi birinchi qismida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinishi lozim.