Soliq kodeksi 27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari

Soliq organlari: soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblangan va toʻlangan soliqlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlashi; soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi, shuningdek oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida eʼlon qilishi; soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi; huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni oʻrganishi; davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilishi; masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi; oʻz vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi; soliq siriga rioya etishi va un