Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan chiqariladi, bundan ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 3 va 4-bandlariga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatish kiritish amalga oshirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun haq toʻlangan taqdirda, haq toʻlash amalga oshirilgan soliq davridagi tegishli soliq summasiga soliq toʻlovchi hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasini koʻpaytirish tomonga teskari tuzatish kiritish huquqiga ega.