Soliq kodeksi 28-modda. Bojxona organlarining, yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari

Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish chogʻida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka, ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi. Yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.