Aksiz soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solinadigan obyektlar quyidagilardan iborat: 1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz toʻlanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish: tovarga boʻlgan mulk huquqini berish; garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan berish; aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul berish; aksiz toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobidan berish; 2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish; 3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni: a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish; b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish; v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish; 5) aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish; 6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish; 7) benzinni,