Soliq kodeksi 285-modda. Soliq bazasi

Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz toʻlanadigan tovarlarning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qatʼiy) summada belgilangan boʻlsa, soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan boʻlsa, soliq bazasi boʻlib realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past boʻlmagan qiymati hisoblanadi. Jismoniy shaxslar mehnatiga haq toʻlash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini oʻz ichiga oladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Chetdan olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi. Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi import qilingan