Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxslardir. Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi. Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan koʻproq boʻlsa ham, u Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi. Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oʻn ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, oʻzining arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilishi mumkin. Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan boʻlib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki oʻqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi. Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida boʻlgan vaqti uning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi: 1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida boʻlgan davri; 2) Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan, xalqaro shartnoma boʻyicha tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida boʻlgan davri; 3) tadbirkorlik faoliyati bi