Soliq kodeksi 317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar

Soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan, ular mavjud boʻlmaganda esa, soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan normalardan ortiqcha tovarlar yoʻqolishi; 2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa tashkilotlarga joylarni tekin berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlarning qiymatini toʻlash; 3) soliq toʻlovchining ushbu Kodeks 376-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari, bundan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining 0,5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda oʻz xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar mustasno; 4) dala (safar) taʼminoti, xodimning shaxsiy avtotransportidan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha toʻlovlar; 5) pensiyalarga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar; 6) ushbu Kodeks 377-moddasi birinchi qismi 10-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan moddiy yordam; 7) xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik koʻmagini koʻrsatish, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga homiylik qilish, oʻquv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar, shuningdek Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablagʻlar mustasno; 8) qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan ortiqcha tarzda atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari; 9) loyihalar va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, obyekt yonidagi omborga tashib kelt