Soliq kodeksi 321-modda. Zaxiralarni baholash usullarini oʻzgartirish natijasiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

Zaxiralarni baholashning soliq toʻlovchi tomonidan oldingi soliq davrida qoʻllanilgan usulidan boshqa usuliga oʻtilgan taqdirda, soliq toʻlovchining jami daromadi (xarajati) baholashning yangi usulini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga koʻpaytirilishi va salbiy farq summasiga kamaytirilishi lozim. Zaxiralarni hisoblashning boshqa usuliga oʻtish soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri boshidan eʼtiboran amalga oshiriladi.