Soliq kodeksi 326-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirish xarajatlari

Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchisiga berilgan tegishli litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari professional faoliyatni amalga oshiruvchilar deb eʼtirof etiladi. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralariga ajratmalarni xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli. Bunday holda, tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalari ilgari soliq bazasini aniqlashda hisobga olingan qimmatli qogʻozlar qadrsizlanishining tiklangan zaxiralari summalari mazkur soliq toʻlovchilarning daromadi deb eʼtirof etiladi. Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni sotib olish narxlarining bu qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkasidan (zaxiralarning hisob-kitob miqdori) ortiq boʻlgan miqdorda, hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra tashkil etiladi (tuzatish kiritiladi). Bunda qimmatli qogʻozni sotib olish narxiga ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozni sotib olishga doir xarajatlar ham kiritiladi. Zaxiralar mazkur talablarni qanoatlantiradigan qimmatli qogʻozlarning bir marta chiqarilishidagi (qoʻshimcha chiqarilishidagi) har bir qimmatli qogʻozga nisbatan, boshqa chiqarilgan (qoʻshimcha chiqarilgan) qimmatli qogʻozlarning qiymati oʻzgarishidan qatʼi nazar, tashkil etiladi (tuzatishlar kiritiladi). Oʻziga nisbatan ilgari zaxira tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar realizatsiya qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, ilgari soliq bazasini aniqlash chogʻida hisobga olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalar, bunday zaxiraning summasi soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozni realizatsiya qilish yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishi sanasidagi daromadlariga kiritilishi lozim. Agar hisobot (soliq) davri tugagach, zaxiraning mazkur davr oxiridagi qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkasi hisobga olinga