Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining barcha ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasi (bundan buyon ushbu moddada konsolidatsiyalashgan soliq bazasi deb yuritiladi) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining soliqqa tortish maqsadlarida hisobga olinadigan barcha daromadlarining va barcha xarajatlarining summalari asosida, ushbu moddada belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda aniqlanadi. Bu maqsadlar uchun ushbu guruhning har bir ishtirokchisi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha zarur axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Soliq bazasini aniqlash va soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga zarur axborotni taqdim etish tartibi hisob siyosatida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga soliq solish maqsadida belgilanadi. Konsolidatsiyalashgan soliq bazasining hisobot (soliq) davridagi hisob-kitobi ushbu moddaga muvofiq ushbu guruh barcha ishtirokchilarining maʼlumotlari asosida, soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan mustaqil ravishda tuziladi. Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining konsolidatsiyalashgan soliq bazasi konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining ushbu boʻlim qoidalari hisobga olingan xarajatlarining arifmetik summasiga kamaytirilgan daromadlarining arifmetik summasi sifatida aniqlanadi. Salbiy farq soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining zarari deb eʼtirof etiladi. Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhi ishtirokchilarining daromadlarni toʻlash manbaida soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlari, shuningdek konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining nazorat qilinadigan chet el kompaniy