Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) deb mazkur kompaniyaning ushbu moddada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan aniqlangan foydasining (zararining) miqdori eʼtirof etiladi: 1) kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan mazkur kompaniyaning yillik moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha. Bunday holda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq solinguniga qadar boʻlgan foydasining (zararining) miqdori ushbu kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi; 2) ushbu boʻlimda soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qoidalar boʻyicha. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: 1) ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan chet davlat boʻlsa, bundan soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan axborot almashishni taʼminlamaydigan davlatlar (hududlar) mustasno; 2) moliyaviy hisobotga nisbatan salbiy fikrlar mavjud boʻlmagan yoki fikrlarni ifodalash rad etilmagan auditorlik xulosasi taqdim etilgan boʻlsa. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash maqsadida bunday kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotdan foydalaniladi. Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatda bunday qonunchilik mavjud boʻlmasa, foyda (zarar) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga yoxud moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro jihatdan eʼtirof etilgan, qimmatli qogʻozlarni savdolarga qoʻyi