Soliq toʻlovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining (bundan keyin ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan hamda ushbu Kodeksning XX boʻlimiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliq solinadigan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.