Soliq kodeksi 367-modda. Daromad olingan sana

Ushbu boʻlimning maqsadida daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi: 1) daromadni toʻlash kuni, shu jumladan daromadni soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazish yoki daromadlar pul shaklida olinganda — daromadni soliq toʻlovchining topshirigʻiga koʻra uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazish kuni; 2) daromadlar natura shaklida olinganda — daromadlarni natura shaklida berish kuni; 3) daromadlar moddiy naf tarzida olinganda — tovarlarni (xizmatlarni), qimmatli qogʻozlarni sotib olish kuni. Agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi soliq toʻlovchiga oʻtganidan keyin amalga oshirilsa, daromadning haqiqatda olingan sanasi sotib olingan qimmatli qogʻozlarning qiymatiga tegishli toʻlovni toʻlash kuni sifatida aniqlanadi; 4) bir turdagi qarama-qarshi talablarni hisobga olish kuni; 5) belgilangan tartibda soliq agenti tomonidan umidsiz qarz hisobdan chiqarilgan kun; 6) xodim safardan qaytganidan keyin boʻnak hisobot tasdiqlangan oyning oxirgi kuni. Mehnatga haq toʻlash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi deb, soliq toʻlovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oxirgi kuni eʼtirof etiladi, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya toʻlangan sana eʼtirof etiladi. Kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi tomonidan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadning haqiqatda olingan sanasi deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish kuni eʼtirof etiladi. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining summasi tarzidagi daromadlar uchun daromadning haqiqatda olingan kuni deb chet el kompaniyasi yoki tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davrning tugallanish sanasi toʻgʻri keladigan kalendar yildan keyingi soliq