Soliq kodeksi 376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar

Soliq toʻlovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardan iborat: 1) soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchi manfaatlarini koʻzlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini toʻlash, shu jumladan: soliq toʻlovchining bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish, tarbiyalash haqini toʻlash; soliq toʻlovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash; soliq agentining soliq toʻlovchi daromadi boʻlgan boshqa xarajatlarini toʻlash; 2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha berilgan mol-mulkning va koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati; 3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq toʻlovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq; 4) qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi; 5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari; 6) soliq agenti tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, soliq toʻlovchidan ushlab qolinishi lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tova