Soliq toʻlovchining boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi: 1) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam; 2) hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlarni va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan, ipak qurtini, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; 3) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-mulkning, mulkiy huquqlarning qiymati; 4) musobaqalarda, koʻriklarda, tanlovlarda sovrinli oʻrinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari; 5) yutuqlar; 6) grant beruvchidan olingan grantlarning, shu jumladan chet davlatlar grantlarining summalari; 7) soliq toʻlovchilarning yaratilgan ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun olgan daromadlari; 8) xalqaro sport musobaqalaridagi sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti; 9) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar; 10) quyidagicha koʻrsatiladigan moddiy yordam: vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga koʻrsatiladigan; xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bogʻliq holda koʻrsatiladigan; bola tugʻilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan koʻrsatiladigan; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzida koʻrsatiladigan moddiy yordam; 11) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar; 12) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pullik toʻlovlar; 13) ush